Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi Hadzime Moriyasu Jahon chempionatining 1/16 finalidan o‘rin olgan Braziliyaga qarshi uchrashuv yakunlarini sarhisob qildi. Mazkur bahs uning shogirdlarining 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.
«Musobaqani aynan shu bosqichda tark etayotganimizdan juda ham xafaman. Ammo bugun futbolchilar xuddi bizni shu yergacha boshlab kelgan butun yo‘limiz davomida bo‘lgani kabi bor kuchlarini berishdi. Murabbiylar shtabi ham jamoaga yordam berish uchun tinim bilmay mehnat qildi. Hozir ichim bo‘shab qolgandek, chunki biz qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilgandik. Ushbu mag‘lubiyat terma jamoamizni yanada kuchliroq qilishini istayman», — deya mutaxassisning so‘zlarini keltiradi FIFA matbuot xizmati.
Avvalroq xabar berilganidek, Yaponiyaning turnir pley-offining ilk bosqichidayoq chiqib ketishi joriy asrdagi beshinchi holat bo‘ldi.













