Leonardo Spinassola «Napoli»da qoladigan bo‘ldi. 33 yoshli himoyachi Italiya klubi bilan yangi bitim imzoladi. Unga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Spinassola 2024 yilda «Roma»dan «Napoli» safiga kelib qo‘shilgan edi. U neapolliklar libosida jami 72 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi hamda jamoa bilan birgalikda Italiya chempionati (A Seriya) va Italiya Superkubogi sovrinini qo‘lga kiritdi.













