Angliyalik mutaxassis Liam Rosenyor yaqin vaqt ichida «Parij» bosh murabbiyiga aylanadi. «L'Équipe» nashri xabariga ko‘ra, rasmiy e’lon payshanba kuni, 42 yoshli murabbiy yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan ikki mavsumga mo‘ljallangan shartnomani imzolaganidan keyin kutilmoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, klub rahbariyati bir necha haftalik muzokaralardan so‘ng yakuniy tanlovni Rosenyorda to‘xtatgan. «Parij»da uning futbolchilarga nisbatan talabchanligi va «Strasburg»dagi faoliyati davomida namoyish etgan hujumkor o‘yin uslubiga sodiqligi yuqori baholanmoqda.
Rosenyor uchun bu «Chelsi»dagi muvaffaqiyatsiz davrdan keyin faoliyatini qayta tiklash imkoniyati bo‘ladi. Angliyalik mutaxassis London klubida to‘rt oydan kamroq vaqt ishladi va 23 ta uchrashuvda bor-yo‘g‘i 10 ta g‘alabaga erishdi.
Rosenyor so‘nggi bir yil ichida «Parij»ning uchinchi bosh murabbiyiga aylanadi. Uni tayinlashdan oldin klub Stefan Jiyi bilan xayrlashdi va shartnomasi yana bir yilga mo‘ljallangan Antuan Kombuare bilan bog‘liq masalani deyarli hal qildi. O‘tgan mavsumda «Parij» o‘n birinchi o‘rinni egallagan edi.













