Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor 0-1 Paxtakor
27/07 20:00 Andijon - Buxoro
27/07 20:00 Lokomotiv - So‘g‘diyona

«Nyukasl» Livramentoning tiklanish muddatini ma’lum qildi

«Nyukasl» Livramentoning tiklanish muddatini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

«Nyukasl Yunayted» o‘zining rasmiy saytida Angliya terma jamoasi himoyachisi Valentino Livramentoning boldir mushagi jarohatidan keyin tiklanish muddatlari haqida xabar berdi.

Futbolchi avvalroq muvaffaqiyatli operasiya qilingan edi. Uning yangi mavsum oldidan o‘tkaziladigan tayyorgarlik yig‘inlari vaqtida jamoa bilan mashg‘ulotlarga qaytishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, himoyachi olgan jarohati tufayli 2026 yilgi jahon chempionatini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.

O‘tgan klub mavsumida Livramento 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining ayni paytdagi bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi. Himoyachi «Chelsi» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, u kattalar darajasida avvalroq «Sautgempton» sharafini himoya qilgan.

Kiritildi: 20:48, 30.06.2026.
O'qildi: 893 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик