Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham JCH-2026ning 1/16 finalida Shvesiya ustidan qozonilgan g‘alabadan (3:0) so‘ng jurnalistlardan o‘z jamoasi o‘yinidagi kamchiliklarni topishni so‘radi.
«Doim ishlaydigan, ustida bosh qotiradigan jihatlar topiladi. Maydon holati to‘pning harakatlanishiga unchalik yordam bermadi, qolaversa, o‘zimiz ham bor kuchimiz bilan o‘ynamadik. Davom etinglar, biror muammoni ko‘rsatinglar, bu normal holat. Hamma narsa ham doim porloq va ideal bo‘lavermaydi.
Biz ham eyforiyaga berilmoqchi emasmiz. Biz 1/8 finaldamiz va bu mantiqiy hamda tabiiy tuyulsa-da, buning qadriga yetish kerak. Biz bunga loyiq baho berishimiz, ikki kun davomida yerga qaytib, keyin e’tiborni [keyingi o‘yinga] qaratishimiz lozim. Paragvayning o‘z ustunliklari bor va ulardan nima kutishni bilamiz», — dedi Desham.













