Yaqinda Londonning «Chelsi» klubi matbuot xizmati 21 yoshli himoyachi Marko Palestra bilan shartnoma imzolanganini e’lon qilgan edi. Yetti yillik mehnat bitimiga imzo chekkan italiyalik futbolchi Angliya Premyer-ligasiga ko‘chib o‘tgani haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
«Dunyoning eng yaxshi klublaridan biri bo‘lmish «Chelsi»ga o‘tishimga ko‘plab omillar sabab bo‘ldi. Ish boshlayotganimdan juda ham xursandman. Mashg‘ulotlarga kirishishni, barcha muxlislarni, jamoadoshlarimni va murabbiyni ko‘rishni intiqlik bilan kutyapman. Bu yerda juda ko‘plab iqtidorli futbolchilar bor, tarkib juda kuchli va Xabi Alonsodek murabbiy ishlamoqda», — deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda klub matbuot xizmati.
Italiyalik himoyachining so‘zlariga ko‘ra, u «ko‘klar» ustozi bilan allaqachon gaplashib olgan. Alonso unga «Chelsi»ning bo‘lajak mavsumdagi o‘yini borasidagi o‘z qarashlarini tushuntirgan.
Palestra «Atalanta» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U «Chelsi»ga o‘tgunga qadar bergamaliklar tarkibiga tegishli edi. O‘tgan mavsumda esa himoyachi «Kalyari» klubida ijara asosida to‘p surgan.













