Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/07 20:00 Bunyodkor - Paxtakor

«Tottenxem» «Nyukasl»ning Archi Grey bo‘yicha birinchi taklifini rad etdi

«Tottenxem» «Nyukasl»ning Archi Grey bo‘yicha birinchi taklifini rad etdi

Baho:
+ | -

«Nyukasl Yunayted» Londonning «Tottenxem» klubiga yarim himoyachi Archi Greyning transferi bo‘yicha rasmiy taklif yubordi. «Shporlar» rad javobini berishdi va o‘z pozisiyalari o‘zgarmasligini ma’lum qilishdi, deb xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano.

Manbaning xabariga ko‘ra, klublar ushbu bosqichda kelishuvga erisha olishmadi. «Nyukasl» 20 yoshli ingliz futbolchisiga bo‘lgan qiziqishini saqlab qolmoqda va yozgi transfer oynasida keyinroq yana bir bor urinib ko‘rishi mumkin. «Tottenxem» esa hozircha futbolchi bilan xayrlashish niyatida emas.

Grey 2024 yilning yozida «Lids»dan 41 million yevro evaziga «Tottenxem»ga o‘tgan edi. 2025/2026 yilgi mavsumda u 32 ta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning amaldagi shartnomasi 2030 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 19:46, 01.07.2026.
O'qildi: 712 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик