Germaniya terma jamoasi himoyachisi Antonio Ryudiger milliy jamoaning Jahon chempionati — 2026 ning 1/16 final bosqichida turnirni tark etganiga munosabat bildirdi. Bundestim JCH-2026 dagi ishtirokini 1/16 final bosqichida yakunladi va o‘yindan keyingi penaltilar seriyasida Paragvay terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi (1:1, penaltilar bo‘yicha 3:4).
«Bu juda qattiq azob bermoqda. Barchamiz shunchaki yetarlicha yaxshi o‘ynay olmadik. Bu biz qabul qilishga majbur bo‘lgan achchiq haqiqatdir. Biz jamoa sifatida chuqur qayg‘udamiz, ammo hammasidan ham ko‘proq siz — muxlislarimiz uchun afsusdamiz. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat», — deb yozdi Antonio Ryudiger ijtimoiy tarmoqdagi o‘z sahifasida.













