Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya

O‘tkir Yusupov: “Bugun qayerda bo‘lishimdan qat’i nazar, yuragim Vatanim va milliy jamoamiz bilan”

O‘tkir Yusupov: “Bugun qayerda bo‘lishimdan qat’i nazar, yuragim Vatanim va milliy jamoamiz bilan”

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston MTJ va “Navbahor” jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida terma jamoamiz haqida post qoldirdi.

“Ba’zan hayot seni sinaydi. Ba’zan esa vaqt jim turishni, sabr qilishni va yanada kuchliroq bo‘lib qaytishni o‘rgatadi.

Men futbolni sevaman. Bu libos, bu bayroq va O‘zbekiston sharafini himoya qilish men uchun doimo eng katta faxr va baxt!

Bugun qayerda bo‘lishimdan qat’i nazar, yuragim Vatanim va milliy jamoamiz bilan. Men ishonaman — hali eng chiroyli kunlar oldinda. Mehnat hech qachon zoye ketmaydi.

Meni doimo qo‘llab-quvvatlagan barcha o‘zbekistonlik muxlislarga chin yurakdan rahmat aytaman. Har bir duongiz, har bir yaxshi so‘zingiz menga kuch beradi.

Nasib qilsa, yanada kuchliroq, yanada tajribaliroq va yanada katta ishtiyoq bilan qaytamiz!!!
Chunki bu hali yakun emas… Bu — yangi boshlanish.

Alloh O‘zbekistonimizni va milliy jamoamizni o‘z panohida asrasin. Olg‘a, O‘zbekiston!”degan tajribali posbon.

Kiritildi: 20:30, 01.07.2026.
O'qildi: 1139 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик