Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/07 04:00 Portugaliya 2-1 Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya 2-0 Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya 1-1 Misr
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana

Tuxel: «Biz Keyndan aynan shuni kutamiz»

Tuxel: «Biz Keyndan aynan shuni kutamiz»

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel 2026 yilgi Jahon chempionatining 1/16 finalida DR Kongo ustidan qozonilgan g‘alabadan (2:1) so‘ng Harri Keynning o‘yini haqida fikr bildirdi.

Inglizlar sardori uchrashuvda dublni rasmiylashtirib, o‘z jamoasini turnirning keyingi bosqichiga olib chiqdi.

«Biz Harridan aynan shuni kutamiz. O‘ylaymanki, u o‘zidan ham shuni talab qiladi. Qiyin va shiddatli o‘yinlarda aynan u uchrashuv taqdirini hal qilishi lozim. U yuqori saviyali futbolchi», — dedi inglizlar ustozi o‘yindan keyin.

Eslatib o‘tamiz, Keynning gollari evaziga Angliya terma jamoasi tanaffusdan keyin ikkita to‘p kiritib, irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi. Jahon chempionatining 1/8 finalida inglizlar Meksika terma jamoasi bilan to‘qnash kelishadi.

Kiritildi: 08:13, 02.07.2026.
O'qildi: 1078 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик