Madridning «Real» klubiga faol ravishda o‘tishi aytilayotgan Londonning «Chelsi» klubi yarim himoyachisi Enso Fernandesning agenti Xavyer Pastore mijozining kelajagi haqida fikr bildirdi.
«Hozirda biz «Chelsi»dan ketish variantlarini ko‘rib chiqyapmiz», — deya Pastorening so‘zlarini keltirmoqda Marca.
Enso Fernandes 2023 yilda «Benfika»dan 121 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2032 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda argentinalik futbolchi London klubi safida barcha musobaqalarda 54 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Fernandesning transfer bahosini 90 million yevroga baholamoqda.













