«Chelsi» vingeri Pedru Netu shu yozda klub ro‘yxatini o‘zgartirishi mumkin.
Football365 ma’lumotlariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga «Liverpul» qiziqish bildirmoqda. Yaqin vaqt ichida «qizillar» futbolchining ehtimoliy transferi bo‘yicha so‘rov yuborishni rejalashtirishmoqda.
Pedru Netu 2024 yilda 60 million yevro evaziga «Vulverxempton»dan «Chelsi»ga o‘tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2031 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda vinger «ko‘klar» safida barcha musobaqalarda 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Pedru Netuning transfer bahosini 60 million yevroga baholamoqda.













