Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Kabo-Verde prezidenti: “Bizda Argentinani mag‘lub etish uchun 100 foiz imkoniyat bor”

Kabo-Verde prezidenti: “Bizda Argentinani mag‘lub etish uchun 100 foiz imkoniyat bor”

Baho:
+ | -

Kabo-Verde prezidenti Joze Mariya Nevesh Argentina milliy jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadigan JCH-2026 1/16 final bahsi oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Kabo-Verde yaxshi o‘ynashda davom etishiga umid qilaman. Biz Jahon chempionatiga o‘z tariximizni yozish uchun keldik. Endi esa amaldagi chempion — Argentinaga qarshi maydonga tushamiz. Biz Argentina va Messiga qarshi ham xuddi shunday qat’iyat, xuddi shunday g‘alaba qozonish ishtiyoqi bilan harakat qilamiz”, deydi Nevesh.

Shuningdek, prezident futbolchilarda raqibni mag‘lub etish uchun yuz foizlik ishonch va umid borligini ta’kidladi.

“Futbolchilarimizda 100 foiz ishonch, 100 foiz umid bor va ularning liboslari oxirigacha kurashganidan terga botadi. Demak, bizda Argentinani mag‘lub etish uchun ham 100 foiz imkoniyat mavjud. Kuchli milliy jamoalarga qarshi bahslarda g‘alaba qozonish ham, mag‘lub bo‘lish ham mumkin. Lekin natija qanday bo‘lishidan qat’i nazar, biz faqat g‘alaba uchun o‘ynaymiz. Har qanday holatda ham musobaqani boshimiz baland holatda va o‘z vazifamizni bajargan hisda tark etamiz”.

Ma’lumot o‘rnida, Kabo-Verde hamda Argentina milliy jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 4 iyul kuni AQSHning Mayami shahridagi “Hard Rock” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanishi belgilangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:14, 02.07.2026.
O'qildi: 1869 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик