«Manchester Yunayted» darvozaboni Andre Onana «Trabzonspor» klubi bilan yangi bir yillik ijara shartnomasini imzoladi.
Daily Mail Sport nashrining xabariga ko‘ra, futbolchi barcha kerakli hujjatlarga imzo chekkan va endilikda klublar yaqin 24 soat ichida kelishuvning so‘nggi detallarini yakunlashlari lozim.
Turkiyaliklar ijara uchun inglizlarga ko‘pi bilan 1,3 million funt to‘lashadi, yakuniy summa jamoaning keyingi mavsumdagi natijalariga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, ular Onana maoshining katta qismini qoplab berishadi. Shartnomada kelasi yozda futbolchini sotib olish huquqi (opsiyasi) ko‘zda tutilmagan.
Kamerunlik posbon Senne Lammens kelganidan so‘ng «MYU»da uning kelajagi yo‘qligi ma’lum bo‘lgach, o‘tgan yilning sentyabr oyidan beri Turkiyada to‘p surib kelayotgan edi.
Turkiya chempionatining o‘tgan mavsumida Onana 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 35 ta gol o‘tkazib yubordi.













