«Fiorentina» tarkibni kuchaytirish ustida ish olib borishni davom ettirmoqda va «Sassuolo» yarim himoyachisi Kristian Torstvedtni sotib olish niyatida. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, juma kuni ikki klub vakillari uchrashuv o‘tkazishadi va unda 27 yoshli norvegiyalik futbolchining ehtimoliy transferini muhokama qilishadi. Avvalroq florensiyaliklar sport direktori Fabio Paratichi futbolchining agenti bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazib bo‘lgan.
«Sassuolo» Torstvedtni taxminan 15 million yevroga baholamoqda. Shu bilan birga, «Fiorentina» transfer qiymatini pasaytirish maqsadida kelishuvga «Bolonya»dagi ijaradan qaytgan yarim himoyachi Simon Somani qo‘shishni rejalashtiryapti.
Torstvedt ayni paytda Norvegiya terma jamoasi ixtiyorida bo‘lib turibdi. Jamoa Jahon chempionatining 1/8 finali doirasida Braziliyaga qarshi kechadigan bahsga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yakunlangan mavsumda xavbek 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Italiya klubidan tashqari, futbolchiga Turkiyaning «Beshiktash» klubi ham qiziqish bildirmoqda.













