Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya 2-1 Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

«Nottingem Forest» Glasnerni katta maosh bilan o‘z tomoniga og‘dirmoqchi

«Nottingem Forest» Glasnerni katta maosh bilan o‘z tomoniga og‘dirmoqchi

Baho:
+ | -

Avstriyalik mutaxassis Oliver Glasner «Nottingem Forest» klubi bosh murabbiyi etib tayinlanishga yaqin turibdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Manbaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, 51 yoshli murabbiy uch yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda va bu kelishuv uni klub tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyga aylantiradi. Shu bilan bir qatorda, Glasner APLning eng yuqori maosh oluvchi murabbiylari qatoridan joy oladi.

Ayni paytda Unai Emeri, Andoni Iraola, Enso Mareska va Roberto de Dzerbi yiliga 11 milliondan 14 million yevrogacha maosh olishmoqda. Glasnerning maoshi esa bu ko‘rsatkichdan faqat bir oz pastroq bo‘ladi.

Avstriyalik mutaxassis «Kristal Pelas»dagi faoliyati davomida jamoa bilan 3 ta sovrin, jumladan, Angliya Kubogi va Konferensiyalar Ligasini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Agar ushbu tayinlov amalga oshsa, Glasner «o‘rmonchilar»ning bir yil ichidagi beshinchi bosh murabbiyiga aylanadi. Bungacha jamoani Nunu Eshpiritu Santu, Ange Postekoglu, Shon Daych va Vitor Pereyra boshqargan edi.

Kiritildi: 02:58, 03.07.2026.
O'qildi: 658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик