Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Senegal ustidan qozonilgan dahshatli kambekdan so‘ng Kastan Belgiyaning o‘yinidagi kamchiliklarni aytdi

Senegal ustidan qozonilgan dahshatli kambekdan so‘ng Kastan Belgiyaning o‘yinidagi kamchiliklarni aytdi

Baho:
+ | -

Belgiya terma jamoasi himoyachisi Timoti Kastan JCH-2026ning 1/16 finalidan o‘rin olgan Senegalga qarshi uchrashuv (3:2) haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Belgiyaliklar afrikaliklarga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bera turib, Romelu Lukaku (86-daqiqa) va Yuri Tilemansning (89-daqiqa) gollari evaziga muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘lishdi. G‘alaba to‘pini esa 120+5-daqiqada penaltini aniq amalga oshirgan Tilemans kiritdi.

«Bu aql bovar qilmas g‘alaba bo‘ldi. Hamma narsa besh daqiqa ichida butunlay o‘zgarib ketishini hech qachon xayolimga keltirmagandim. Biroq oldimizda hali qilinadigan ishlar juda ko‘p, chunki ochig‘ini aytganda, hech kim bunday vaziyatga tushib qolishni istamaydi.

Bahs yakunlanishiga besh daqiqa qolganda gollar urib, yana oldinga chiqib olishga hamisha ham ishonib bo‘lmaydi. Birinchi bo‘limda pressingni yomon tashkil qildik. Ularni qanotlarda samarali to‘xtatib qolishni umuman uddalay olmadik, juda ko‘p kross uzatmalarni amalga oshirdik va to‘pni yo‘qotdik. Mashg‘ulotlarga qaytganimizda bu xatolarni tahlil qilib chiqamiz. Kecha esa bayram qilish uchun arzigulik kun edi», — deya Kastanning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Mundo Deportivo nashri.

Kiritildi: 03:25, 03.07.2026.
O'qildi: 610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик