Krishtianu Ronalduning opasi Katya Aveyru portugaliyalik yulduz hujumchi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Avvalroq u Ronaldu JCH-2026dan so‘ng milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgan edi.
«Futbolni sevadigan har qanday aqlli inson Ronalduni yaxshi ko‘rishi kerak. Uni yomon ko‘radiganlar yakunda faqat o‘zlari yutqazishadi. U 20 yildan ortiq vaqtdan beri futbolda hukmronlik qilib kelmoqda. Biz — Aveyru oilasi hozir qayerdamiz-u, faoliyatimizni qayerdan boshlaganimizga bir qarang. Onam qanday azob-uqubatlarni boshdan kechirganiga e’tibor qarating… Sizningcha, tanqidlar bizning baxtimizga ta’sir qila oladimi? Hech qachon!» — deya Aveyruning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Marca nashri.
3 iyul kuni Portugaliya terma jamoasi JCH-2026ning 1/16 finalida Xorvatiya bilan to‘qnash keladi. Ronaldu ushbu uchrashuvning boshlang‘ich tarkibidan joy oldi.
Portugaliyaliklar «K» guruhida O‘zbekiston terma jamoasini mag‘lub etib (5:0), Kongo DR (1:1) va Kolumbiya (0:0) bilan durang o‘ynagan holda ikkinchi o‘rinni egallashgan edi.













