Kirish Ro'yxatdan o'tish

APL klubi Kamavinga transferiga jiddiy kirishdi

APL klubi Kamavinga transferiga jiddiy kirishdi

Baho:
+ | -

«Real» yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Ignasio Sanchesning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, «Nyukasl» fransuz futbolchisini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. «Qarg‘alar» futbolchiga maoshini sezilarli darajada oshirishni taklif qilishga tayyor, bu esa uni Madrid klubini tark etishga undashi mumkin. «Nyukasl» rahbariyati ushbu transfer amalga oshishiga to‘liq ishonmoqda.

Eduardo Kamavinga 2021 yilda «Renn» klubidan 31 million yevro evaziga «Real»ga ko‘chib o‘tgan edi. Uning «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/2026 yillar mavsumida yarim himoyachi Madrid klubi safida barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga ikkita gol va bitta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Kiritildi: 03:43, 03.07.2026.
O'qildi: 1669 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик