Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Komo» La Ligadan yarim himoyachi transfer qilinganini e’lon qildi

«Komo» La Ligadan yarim himoyachi transfer qilinganini e’lon qildi

Baho:
+ | -

«Komo» tarkibi yangi futbolchi bilan boyidi — markaziy yarim himoyachi Luis Milya Italiya klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda «byankoblu» rasmiy saytida xabar berilgan.

Ispaniyalik futbolchi «Komo»ga «Xetafe» klubidan ko‘chib o‘tdi. Mish-mishlarga ko‘ra, transfer summasi 6 million yevroni tashkil etgan. Milya yangi klubi bilan uch yillik mehnat shartnomasi tuzdi.

Ortda qolgan mavsumda 31 yoshli ispaniyalik futbolchi Ispaniya La Ligasi doirasida 37 ta o‘yinda maydonga tushgan. Uning hisobida bitta gol va 10 ta golli uzatma mavjud.

Eslatib o‘tamiz, bo‘lajak mavsumda «Komo» Chempionlar ligasida ishtirok etadi. Sesk Fabregas shogirdlari A Seriyaning o‘tgan mavsumini to‘rtinchi o‘rinda yakunlashgan edi.

Kiritildi: 03:45, 03.07.2026.
O'qildi: 1037 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик