Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/08 19:00 Qo‘qon-1912 2-1 Lokomotiv
16/08 19:00 Nasaf - Paxtakor

«Chelsi» a’zosi A Seriya grandlari e’tiborida

«Chelsi» a’zosi A Seriya grandlari e’tiborida

Baho:
+ | -

«Chelsi» himoyachisi Trevo Chaloba Italiya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, so‘nggi vaqtlarda «Inter» 26 yoshli futbolchiga bo‘lgan qiziqishini sezilarli darajada oshirgan. Italiya chempioni ushbu transferni amalga oshirishga jiddiy bel bog‘lagan, biroq «Komo» klubi ham unga raqobat tug‘dirish niyatida.

Ta’kidlab o‘tish joizki, ayni damda Chaloba Angliya terma jamoasi bilan birga Jahon chempionati — 2026 musobaqasida ishtirok etmoqda. Biroq ushbu mundialda futbolchi hozircha biror marta ham maydonda ko‘rinish bergani yo‘q.

Yakunlangan klub mavsumida Chaloba barcha musobaqalarni inobatga olgan holda 47 ta uchrashuvda qatnashdi va uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Transfermarkt mutaxassislari futbolchini 40 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 03:49, 03.07.2026.
O'qildi: 1163 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик