Simon Jahon chempionatlarida hammadan ham uzoq vaqt davomida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab kelmoqda.
Ispaniya terma jamoasi darvozaboni Unai Simon Jahon chempionatlari tarixida gol o‘tkazib yubormasdan eng uzoq vaqt harakat qilgan golkiperga aylandi — 519 daqiqa.
U Italiya terma jamoasi tarkibida Jahon chempionatida 517 daqiqa davomida gol o‘tkazmagan Valter Dzenganing natijasidan o‘zib ketdi.
Ispaniyaliklarning JCH-2026 1/16 finali doirasida Avstriyaga qarshi kechgan bahsida (3:0) Simon ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Iker Kasilyasning Ispaniya terma jamoasiga tegishli bo‘lgan rekordini (476 daqiqa) ham yangilashga muvaffaq bo‘ldi.
JCH-2022 musobaqasida 1/8 finalda Ispaniyani penaltilar seriyasida mag‘lub etgan Marokash terma jamoasi ham asosiy vaqtda Simon darvozasiga yo‘l topa olmagan edi (0:0, pen. bo‘yicha 3:0). Ushbu Jahon chempionatida esa Simon Kabo-Verde, Saudiya Arabistoni, Urugvay va Avstriya terma jamoalariga qarshi o‘yinlarda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Unai Simon darvozasiga urilgan so‘nggi gol 2022 yilgi mundialning guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Yaponiyaga qarshi uchrashuvning 51-daqiqasiga to‘g‘ri keladi.













