«Manchester Siti» Londonning «Arsenal» klubi ko‘z tikib turgan «Lester»ning istiqbolli vingeri Jeremi Mongani ilib ketish arafasida turibdi.
Uzoq vaqt davomida «kanonirlar» 16 yoshli futbolchi uchun kurashda favorit hisoblanayotgan edi, biroq ular «tulkilar» (Lester) bilan kelisha olishmadi. Jurnalist Ben Jeykobsning so‘zlariga ko‘ra, angliyalik futbolchi «Manchester Siti»ning taklifiga rozilik bildirgan. Endi «shaharliklar» «Lester» bilan transferning ba’zi detallarini hal qilishlari qoldi, shundan so‘ng kelishuv amalga oshadi. Transfer bahosi 10 million funt sterlingdan (taxminan 12 million yevro) yuqori baholanmoqda.
Jeremi Monga o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra o‘z jamoasi tarkibida Chempionshipni tark etgan edi.













