TMW radiosi efirida sobiq hujumchi Arturo di Napoli 30 iyun kuni «Roma» bilan amaldagi shartnomasi yakuniga yetgan Paulo Dibala atrofidagi vaziyatga munosabat bildirdi.
«Biz hammamiz Dibalani va uning futbol darajasini yaxshi bilamiz. U «Roma» bilan yangi shartnoma borasida kelishib olishi kerakmi? Men uchun bu har ikki tomon uchun ham eng mantiqiy yo‘ldir. Agar u futboldan zavq olmoqchi bo‘lsa, shu klubda qolishi lozim. U eng yuqori o‘rinlar uchun kurashishga puli bor va Chempionlar ligasida o‘ynaydigan jamoada to‘p surishi mumkin bo‘ladi. Nazarimda, bu eng oqilona qarordir», - dedi Di Napoli.
O‘tgan mavsumda Dibala A Seriya doirasida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













