Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/07 20:00 Dinamo 3-2 Qo‘qon-1912

«Liverpul» Gakponi «Tottenxem»ga qo‘yib yubormoqchi emas

«Liverpul» Gakponi «Tottenxem»ga qo‘yib yubormoqchi emas

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning niderlandiyalik hujumchisi Kodi Gakponing «Tottenxem»ga transferi amalga oshmay qolishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar bermoqda.

Bundan oldinroq, «shporlar» (londonliklar) Gakponi sotib olishga qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

Biroq manbaning ta’kidlashicha, «Liverpul» 27 yoshli futbolchisini qo‘yib yuborish niyatida emas. Klub hozircha na «Tottenxem»ga va na o‘yinchining o‘ziga muzokaralar olib borishga ruxsat bergan. Shu bilan birga, agar «shporlar» rasmiy taklif yuborsa, vaziyat o‘zgarishi ham istisno etilmayapti.

Gakpo 2025/26 yilgi mavsumda barcha turnirlarni hisobga olgan holda 52 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 9 ta gol va 6 ta golli uzatmani rasmiylashtirib qo‘ygan edi.

Kiritildi: 17:53, 03.07.2026.
O'qildi: 781 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик