Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana
04/07 22:00 Kanada 0-3 Marokash
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya - Norvegiya
06/07 05:00 AQSh - Belgiya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya

Andrey Santos «Chelsi»ni tark etishga tayyor

Andrey Santos «Chelsi»ni tark etishga tayyor

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Andrey Santos shu yozda «Chelsi»ni tark etishi mumkin.

Jurnalist Nizar Kinsellaning bergan ma’lumotlariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi shu yozgi transfer oynasida London klubidan ketish ehtimolini inkor etmayapti. «Ko‘klar» rahbariyati ham xuddi shunday pozisiyada turibdi. Biroq «Chelsi» Santosni juda hurmat qiladi, shu sababli uni yangi jamoa izlashga majburlamaydi. Klub uni faqat futbolchining o‘zi rahbariyatga ketish istagini bildirgan taqdirdagina sotadi.

Andrey Santos 2023 yilda «Vasko da Gama»dan 12 million yevro evaziga «Chelsi»ga o‘tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Bo‘lib o‘tgan 2025/26 yilgi mavsumda braziliyalik futbolchi «ko‘klar» safida barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 17:54, 03.07.2026.
O'qildi: 674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик