«Kristal Pelas»ning sobiq bosh murabbiyi Oliver Glasner yaqin vaqt ichida «Nottingem Forest»ni qabul qilib oladi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, avstriyalik mutaxassis yangi klubiga o‘zining bir qator yordamchilarini ham olib keladi. Shuningdek, Glasner jamoaning transfer siyosati bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida ham muhim rol o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, «Nottingem Forest»ning avvalgi bosh murabbiyi Vitor Pereyra edi. U jamoani 2026 yil fevral oyidan boshqarib kelgan.
Pereyra rahbarligida «o‘rmonchilar» Yevropa ligasi yarim finaligacha yetib borishdi hamda Angliya Premyer-ligasida o‘z o‘rinlarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi.













