Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

Leau: «Jota doimo biz bilan va u bizga yordam berdi»

Leau: «Jota doimo biz bilan va u bizga yordam berdi»

Baho:
+ | -1
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Portugaliya terma jamoasi vingeri Rafael Leau Jahon chempionati pley-offidagi g‘alabadan keyin uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men uchun mavsum juda og‘ir o‘tdi, chunki ko‘p jarohatlar oldim. Bunday yuqori sur’atdagi o‘yinlarda charchoq ham yig‘iladi. Ammo jamoada shunday jangovor ruh bo‘lsa, charchoq yo‘qolib ketadi va men oxirgi daqiqagacha maydonda harakat qildim.

O‘ng oyog‘imda charchoq bo‘lishiga qaramay, golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldim. Barchamiz bir butun jamoa bo‘lib harakat qildik va aynan shu bizga g‘alabani keltirdi.

Biz boshidanoq o‘z kuchimizga ishongan edik. Yana bir hal qiluvchi omil bor edi — Diogu Jota. U doimo biz bilan va bizga yordam berdi», — dedi Leau A Bola nashriga.

Manba: www.euro-football.ru
Kiritildi: 23:52, 03.07.2026.
O'qildi: 725 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик