Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/07 01:00 Fransiya 2-0 Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya
12/07 02:00 Norvegiya - Angliya
12/07 06:00 Argentina - Shveysariya

JCH-2026. Misr penaltilar seriyasida Avstraliyani mag‘lub etib, 1/8 finalga chiqdi

JCH-2026. Misr penaltilar seriyasida Avstraliyani mag‘lub etib, 1/8 finalga chiqdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Misr milliy terma jamoasi 2026 yilgi Jahon chempionati 1/16 final bosqichida Avstraliyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha vaqtlari 1:1 hisobida yakunlandi. Misr terma jamoasining yagona goliga 13-daqiqada Imom Ashur mualliflik qildi. Avstraliya esa 55-daqiqada Muhammad Hani o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘yganidan so‘ng hisobni tenglashtirdi. Penaltilar seriyasida esa misrliklar 4:2 hisobida ustun keldi.

1/8 finalda endi Misr Argentina hamda Kabo-Verde o‘rtasidagi uchrashuv g‘olibi bilan bahs olib boradi. Ushbu o‘yin joriy yilning 7 iyul kuni Atlanta shahrida bo‘lib o‘tadi.

JCH-2026. 1/16 final bosqichi.
Avstraliya — Misr 1:1
Penaltilar seriyasi — 2:4
Gollar: Hani 55 (avt) — Ashur 13.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:39, 04.07.2026.
O'qildi: 1197 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик