Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland bo‘lajak Braziliyaga qarshi uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Jamoalar o‘rtasidagi uchrashuv Jahon chempionatining 1/8 finali doirasida bo‘lib o‘tadi va u Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
«Bizni o‘ta maxsus o‘yin kutmoqda. Men Braziliya terma jamoasini va ushbu mamlakatni yaxshi ko‘raman. Braziliyaliklarning futbol o‘ynash uslubi menga yoqadi. Braziliyada doimo dunyoning eng yaxshi futbolchilari to‘p surishgan», — deya Xolandning bo‘lajak bahs oldidan jurnalistlar bilan suhbatdagi so‘zlarini keltiradi matbuot xizmati.
«Manchester Siti» forvardi mazkur mundialdagi uchta uchrashuvda o‘z hisobiga 5 ta gol yozdirib qo‘yishga ulgurdi. Norvegiyaliklar hujumchisi turnir to‘purarlar poygasida faqatgina Lionel Messi (7 ta gol) va Kilian Mbappedan (6 ta gol) ortda qolmoqda.













