Kirish Ro'yxatdan o'tish

Agbonlaxor Keynni tanqid qildi: «U gollardan boshqa hech narsa qilmadi»

Agbonlaxor Keynni tanqid qildi: «U gollardan boshqa hech narsa qilmadi»

Baho:
+ | -

Birmingemning «Aston Villa» klubi sobiq futbolchisi Gabriel Agbonlaxor JCH-2026 pley-off bosqichining ilk raundida DR Kongoga qarshi kechgan bahsda Angliya terma jamoasi markaziy hujumchisi Garri Keynning ko‘rsatgan o‘yini haqida tanqidiy fikr bildirdi.

«G‘alaba to‘pini kiritganiga qaramay, uning harakatlari dahshatli bo‘ldi. Keyn juda ko‘p marta to‘pni yo‘qotdi. Maydonda ikkita goldan boshqa hech narsa qila olgani yo‘q. Agar Angliya chempion bo‘lishni istasa, u bunday o‘yinlarda ko‘proq mehnat qilishi kerak», — deya sobiq futbolchining so‘zlarini keltiradi Talksport.

Eslatib o‘tamiz, ushbu uchrashuvda Angliya DR Kongo ustidan 2:1 hisobida irodali g‘alabaga erishdi. Nufuzli turnirning keyingi raundida Tomas Tuxel shogirdlari musobaqa mezbonlaridan biri — Meksika terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi.

Kiritildi: 12:17, 04.07.2026.
O'qildi: 573 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик