Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya 0-1 Ispaniya
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr
08/07 01:00 Shveysariya - Kolumbiya

Kabo-Verde qahramoni Vozinya Argentina bilan o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi

Kabo-Verde qahramoni Vozinya Argentina bilan o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

Kabo-Verde terma jamoasi posboni Vozinya Jahon chempionati — 2026 pley-off bosqichining ilk raundida Argentina terma jamoasiga qarshi boy berilgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi. Afrikaliklar qo‘shimcha bo‘limlarda amaldagi jahon chempionlariga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

«Bu Vozinyaning Messiga qarshi o‘yini emas edi. Bu yerda Kabo-Verde va Argentina terma jamoalari to‘qnash keldi. Albatta, bunday natija bizni xafa qiladi, biroq shunga qaramay, o‘zimiz bilan faxrlanishimiz kerak. Bizda ajoyib jamoa bor. Lekin bu futbol, unda hamma narsa bo‘lishi mumkin», — deya darvozabonning so‘zlarini keltiradi Globo nashri.

Ushbu g‘alabadan so‘ng Argentina terma jamoasi Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining nimchorak finaliga (1/8 final) yo‘l oldi. Musobaqaning chorak finaliga chiqish uchun Lionel Skaloni shogirdlari Misr terma jamoasiga qarshi bahs olib borishadi.

Kiritildi: 12:31, 04.07.2026.
O'qildi: 653 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик