«Liverpul» klubi va Niderlandiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Virjil van Deyk joriy transfer oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin. Yulduz futbolchida faoliyatini davom ettirish uchun bir nechta variantlar mavjud.
Teamtalk jurnalistlarining bergan ma’lumotiga ko‘ra, Yevropaning o‘zida 34 yoshli himoyachiga Italiyaning «Milan» hamda Istanbulning «Galatasaroy» va «Fenerbaxche» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, van Deykda AQSH (MLS) va Saudiya Arabistoni chempionati jamoalaridan ham takliflar bor.
Ma’lumot uchun, Virjil van Deyk 2018 yilning yanvar oyidan buyon mersisaydliklar sharafini himoya qilib keladi. Virjil va «qizillar» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2027 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. Uning transfer bozoridagi ayni paytdagi bahosi 15 million yevroni tashkil etmoqda.













