Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina 3-2 Misr
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya

JCH-2026 dan chiqib ketgan Senegal terma jamoasida mojaro avj oldi

JCH-2026 dan chiqib ketgan Senegal terma jamoasida mojaro avj oldi

Baho:
+ | -

Senegal terma jamoasi jahon chempionatini tark etganidan so‘ng, milliy terma jamoaning o‘yinlarga tayyorgarligi bilan bog‘liq katta mojaro yuzaga keldi. Sport News Africa nashrining xabariga ko‘ra, turnir davomida futbolchilar sport rejimini qo‘pol ravishda buzishga yo‘l qo‘yishgan.

Terma jamoaning ayrim a’zolari mehmonxonaga muntazam ravishda do‘stlarini taklif qilib, spirtli ichimliklar va qimmatbaho sovg‘alar bilan yopiq kechalar tashkil qilishgan. Murabbiylar shtabidagi ayrim xodimlarning loqaydligi sababli futbolchilar o‘z holiga tashlab qo‘yilgan va mehmonxonaga fastfud buyurtma qilishgan.

Terma jamoa bosh murabbiyi Pap Tiav Norvegiyaga qarshi o‘yin oldidan jamoa bilan amaldagi shartnomaga ega bo‘lmagan. Yangi bitim so‘nggi soniyalarda — jamoa stadionga yo‘l olishidan bir oz oldin imzolangan.

Senegallik muxlislar ijtimoiy tarmoqlarda sodir bo‘lgan voqealarni keskin tanqid qilishga ulgurishdi. Senegal futbol federasiyasi tomonidan hozircha rasmiy munosabat bildirilgani yo‘q.

Kiritildi: 15:25, 04.07.2026.
O'qildi: 1050 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик