Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

FIFPro kasaba uyushmasi JCHning barcha o‘yinlarida suv ichish uchun tanaffus so‘ramaganini ma’lum qildi

FIFPro kasaba uyushmasi JCHning barcha o‘yinlarida suv ichish uchun tanaffus so‘ramaganini ma’lum qildi

Baho:
+ | -

Professional futbolchilarning xalqaro kasaba uyushmasi (FIFPro) FIFAdan Jahon chempionatining barcha o‘yinlarida majburiy suv ichish uchun tanaffuslar joriy etishni so‘ramaganini bildirdi.

Avvalroq FIFA rahbari Janni Infantino har bir taym o‘rtasidagi to‘xtalishlar futbolchilarning sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida joriy etilganini va buning tijorat manfaatlariga hech qanday aloqasi yo‘qligini ta’kidlagan edi. Biroq The Times nashrining FIFPro'dagi manbalari tashkilot barcha o‘yinlarda bunday to‘xtalishlarni «mutlaqo» talab qilmaganini ma’lum qildi.

Kasaba uyushmasining pozisiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda: suv uchun tanaffuslar faqatgina ob-havo haddan tashqari issiq bo‘lgan — harorat 28 darajadan yuqori bo‘lgan o‘yinlardagina zarur.

«Biz bu tanaffuslarning har bir o‘yinda bo‘lishini istamagandik. Harorati nazorat qilinadigan (kondisionerli) stadionlarda bundan hech qanday mantiq yo‘q — faqat tijoriy maqsadlar bundan mustasno», — deydi FIFPro'ning yuqori lavozimli vakillaridan biri.

FIFA ushbu tanaffuslarga Coca-Cola kompaniyasiga tegishli Powerade brendi homiylik qilayotganini tasdiqladi, biroq bu shunchaki avvaldan mavjud bo‘lgan homiylik shartnomasining bir qismi ekanligini da’vo qilmoqda. Shuningdek, telekanallar ham ushbu qo‘shimcha to‘xtalishlardan reklama namoyish etish uchun foydalanmoqda.

Kiritildi: 16:45, 04.07.2026.
O'qildi: 535 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик