Angliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Gari Nevill milliy terma jamoaning mudofaa o‘ng qanotidagi vaziyatni keskin tanqid qildi.
Jamoaning sobiq sardori bosh murabbiy Tomas Tuxel tarkibdagi muammolar sababli yarim himoyachi Deklan Raysni o‘ng qanot himoyachisi sifatida ishlatishga majbur bo‘layotganini ta’kidladi.
"Men turnir boshlanishidan oldin ham aytgandim: bizda to‘rtta himoyachi bor, lekin ular haqiqiy mudofaa chizig‘iga aylanishi kerak. Yakkama-yakka kurashlarda ular alohida ajralib turishgani bilan, umumiy olib qaraganda yaxlit bir butunlikni ko‘rmayapman. Ojiz tomonimiz bizni jiddiy xavotirga solmoqda", — deya Nevillning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Metro nashri.
U shuningdek quyidagilarni qo‘shimcha qildi:
"Bu birinchi marta kuzatilayotgani yo‘q. Fulbek (qanot himoyachisi) pozisiyasini boshqa futbolchilar bilan yopishga harakat qilingan uch-to‘rtta turnirni eslashim mumkin. 2006 yilda men birinchi o‘yindayoq jarohat olgandim, o‘shanda bu pozisiyaga avval Karragerni, keyin esa Bekxemni qo‘yishgandi".
Eslatib o‘tamiz, Angliya terma jamoasi 6 iyul kuni Jahon chempionatining 1/8 finalida Meksikaga qarshi maydonga tushadi.













