Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni o‘z yubileyini nishonladi.
JCH-2026 ning 1/16 finali doirasida Kabo-Verdega qarshi kechgan bahs 48 yoshli mutaxassis uchun milliy terma jamoa boshqaruvidagi 100-uchrashuv bo‘ldi.
Skaloni terma jamoada 2018 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Uning boshchiligida jamoa 100 ta o‘yindan 73 tasida g‘alaba qozondi (duranglar — 18 ta, mag‘lubiyatlar — 9 ta, to‘plar nisbati — 209:52) va 4 ta titulni qo‘lga kiritdi (2021 va 2024 yillarda Amerika Kubogi, Finalissima hamda 2022 yilgi Jahon chempionati).
Ushbu davr mobaynida jamoaning eng yaxshi to‘purari Lionel Messi bo‘ldi — u Skaloni qo‘l ostida 59 ta gol urishga ulgurdi.
Eslatib o‘tamiz, "albiseleste" (argentinaliklar) boshqaruvida o‘yinlar va g‘alabalar soni bo‘yicha mutlaq rekord Gilyermo Stabilega tegishli (u 1939 yildan 1960 yilgacha bo‘lgan davrda 127 ta o‘yinda jamoani maydonga boshlab tushib, 85 ta g‘alaba qayd etgan).













