Himoyachi Ruben Diash shu yozda «Manchester Siti» klubini tark etishi mumkin.
TransferFeed nashrining tarqatgan ma’lumotlariga ko‘ra, «Arsenal» portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirmoqda. «Kanonirlar» Diashga jiddiy e’tibor qaratmoqda, shu sababli Jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng himoyachining transferi bo‘yicha rasmiy taklif bilan chiqishga tayyor.
Ruben Diash 2020 yilda «Benfika»dan 71 million yevro evaziga «Manchester Siti»ga o‘tgan edi. Uning «shaharliklar» bilan hozirgi shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. Ortda qolgan 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi «shaharliklar» safida barcha musobaqalarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.
Navbatdagi transfer oynasi oldidan Transfermarkt portali portugaliyalik futbolchining qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.













