Italiyaning «Milan» klubi «Liverpul» sardori Virjil van Deykni klubni o‘zgartirishga ko‘ndirish umidida unga yiliga 7 million yevro maosh to‘lashga tayyor. Niderlandiyalik mudofaa qo‘rg‘onining shartnomasi kelgusi yili yakuniga yetadi va katta ehtimol bilan uzaytirilmaydi.
Qolaversa, van Deykning o‘zi ham «Liverpul»dagi sakkiz mavsumdan so‘ng yangi chaqiriqlarni sinab ko‘rishni istayotgan bo‘lishi tabiiy. Kelasi haftada u 35 yoshni qarshi oladi — bu yoshda jismoniy yuklamalarni kamaytirish haqida o‘ylash kerak va Italiya chempionati Angliya Premyer-ligasiga qaraganda ushbu zarurat sari qo‘yilgan to‘g‘ri qadam bo‘la oladi.
Eslatib o‘tamiz, yakunlangan mavsumni «Milan» A Seriyada bor-yo‘g‘i beshinchi o‘rinda yakunladi.













