Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya - Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

«Manchester Siti» 16 yoshli vinger Jeremi Mongani sotib olish arafasida — Ornshteyn

«Manchester Siti» 16 yoshli vinger Jeremi Mongani sotib olish arafasida — Ornshteyn

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» «Lester Siti»ning 16 yoshli vingeri Jeremi Mongani transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda The Athletic jurnalisti David Ornshteyn X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, transfer qiymati 10 million funt sterling (taxminan 11,7 million yevro)ni tashkil etadi. Bundan tashqari, shartnomada 2,5 million funt (2,9 million yevro) miqdoridagi bonuslar ham ko‘zda tutilgan. Shuningdek, «Lester Siti» futbolchining keyingi transferidan ham muayyan ulushga ega bo‘ladi.

Avvalroq Mongaga bir qator klublar qiziqish bildirgan edi. «Lester Siti» Angliya Premyer-ligasidan tushib ketganidan so‘ng xaridorlar uni qo‘lga kiritish bo‘yicha harakatlarni yanada faollashtirdi.

O‘tgan mavsumda Jeremi Monga «Lester Siti» safida barcha musobaqalarda 30 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 15 million yevro deb baholagan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:49, 04.07.2026.
O'qildi: 1203 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик