Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/07 02:00 Norvegiya 1-2 Angliya
12/07 06:00 Argentina 3-1 Shveysariya

Di Marsio: Kristian Romero yozda «Tottenxem»ni aniq tark etadi

Di Marsio: Kristian Romero yozda «Tottenxem»ni aniq tark etadi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» himoyachisi Kristian Romero faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marsio bergan ma’lumotlarga ko‘ra, agentlar argentinalik futbolchining xizmatlarini «Yuventus» va boshqa bir qator jamoalarga taklif qilishgan. Turin klubi futbolchining transferi ustida bosh qotirmoqda, shu bilan birga, o‘yinchi shu yozda «Tottenxem»ni aniq tark etishi ta’kidlanmoqda.

Kristian Romero 2022 yilda «Atalanta»dan «Tottenxem»ga 53 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning London klubi bilan shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda himoyachi «shporlar» safida barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Romeroning transfer qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 09:34, 05.07.2026.
O'qildi: 717 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик