Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy 2-2 O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya 1-0 Yaponiya

Marokash terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor ketma-ket ikkita Jahon chempionati chorak finaliga yo‘l oldi

Marokash terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor ketma-ket ikkita Jahon chempionati chorak finaliga yo‘l oldi

Baho:
+ | -

Marokash terma jamoasi Kanada terma jamoasini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuv shanba oqshomida Texasda, turnirning 1/8 final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Kanadaliklar turnirni tark etishdi, marokashliklar esa chorak finalda Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishadi. Shu tariqa, Marokash futbolchilari o‘z tarixlarida birinchi marta ketma-ket ikkita Jahon chempionatining chorak final bosqichiga yo‘llanma olishdi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yili Qatarda o‘tgan Mundialda marokashliklar yarim finalgacha yetib borib, u yerda Fransiyaga imkoniyatni boy berishgan, keyin esa uchinchi o‘rin uchun bahsda xorvatlarga mag‘lub bo‘lishgan edi. 2022 yilga qadar esa Marokash terma jamoasi jahon birinchiliklarida bor-yo‘g‘i bir marta — 1986 yilda guruhdan chiqa olgan, xolos.

Kiritildi: 09:54, 05.07.2026.
O'qildi: 721 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик