Kirish Ro'yxatdan o'tish

Fransuz nashri Ilgiz Tantashevning hakamligini keskin qoraladi

Fransuz nashri Ilgiz Tantashevning hakamligini keskin qoraladi

Baho:
+ | -

Jahon chempionati-2026 1/8 finalidan o‘rin olgan uchrashuv bosh hakami, o‘zbekistonlik Ilgiz Tantashev Fransiyaning mashhur L'Equipe nashri tomonidan o‘n ballik tizimda bor-yo‘g‘i bir ballga loyiq ko‘rildi.

Gazeta o‘yin davomida paragvaylik futbolchilar qo‘pol o‘ynaganiga qaramay, birorta ham ogohlantirish olmagani, fransuzlarga esa uchta sariq kartochka ko‘rsatilgani uchun hakamning ishini shunday baholagan.

Uchrashuv janjal bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona gol muallifi Kilian Mbappe Paragvay terma jamoasi darvozaboni bilan qo‘l berib ko‘rishishni rad etdi, buning evaziga posbon to‘pni uning orqasidan uloqtirdi.

Bundan tashqari, Mbappe o‘yin paytida to‘qnashib ketgan Xunior Alonsoning ko‘z o‘ngida g‘alabani namoyishkorona tarzda nishonladi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi va u yerda Marokash terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 12:19, 05.07.2026.
O'qildi: 680 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик