Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/08 19:00 Surxon - So‘g‘diyona
13/08 19:00 Andijon - Neftchi
13/08 20:30 Buxoro - OKMK

Gimaraes Xolandning Braziliya — Norvegiya uchrashuvi haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi

Gimaraes Xolandning Braziliya — Norvegiya uchrashuvi haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi yarim himoyachisi Bruno Gimaraes JCH–2026 musobaqasining 1/8 finali doirasidagi uchrashuv oldidan Norvegiya terma jamoasi markaziy hujumchisi Erling Xolandning so‘zlariga munosabat bildirdi. Skandinaviyalik futbolchi Karlo Anchelotti shogirdlarini ushbu o‘yinning asosiy favoriti deb atagan edi.

«Erling bizni favorit deb atab, ayyorona yo‘l tutdi. Shu tariqa u o‘z jamoasidan mas’uliyatni soqit qilib, uni bizning yelkamizga yukladi. Qiziqarli o‘yin bo‘lishini kutyapmiz. Norvegiyaning ham o‘z ustunlik jihatlari bor: ularda baland bo‘yli va jismonan baquvvat futbolchilar jamlangan. O‘ylashimcha, jarima maydonchamiz tomon ko‘plab to‘p uzatishlari amalga oshiriladi. Biz bunga to‘liq tayyor turishimiz shart», — deya yarim himoyachining so‘zlarini keltirmoqda Goal nashri.

Braziliya — Norvegiya uchrashuvi bugun, 5 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:21, 05.07.2026.
O'qildi: 733 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик