Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya
10/07 01:00 Fransiya - Marokash
10/07 23:59 Ispaniya - Belgiya

Vozinya — obunachilari soni bo‘yicha futbol tarixidagi eng mashhur darvozabonga aylandi

Vozinya — obunachilari soni bo‘yicha futbol tarixidagi eng mashhur darvozabonga aylandi

Baho:
+ | -

Kabo-Verde terma jamoasi posboni Jozimar Vozinya ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni bo‘yicha darvozabonlar o‘rtasida tarixiy rekord o‘rnatdi. Uning kuzatuvchilari auditoriyasi 25,2 million nafardan oshib ketdi.

Shu tariqa, Vozinya Madridning «Real», «Portu» klublari hamda Ispaniya terma jamoasi afsonasi Iker Kasilyasni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi (Kasilyasda 20,5 million obunachi bor).

Hozirda faoliyatini davom ettirayotgan darvozabonlar orasida Vozinyaning eng yaqin ta’qibchisi yana bir «Real» vakili — Tibo Kurtua (18 million) bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, Vozinya JCH–2026 guruh bosqichining ilk turida Ispaniyaga qarshi kechgan bahsda Kabo-Verde terma jamoasining haqiqiy qahramoniga aylangan edi. O‘shanda u 7 ta seyv ijro etib, jamoasining durang (0:0) qayd etishiga ulkan hissa qo‘shgandi.

Ushbu natijalar evaziga Kabo-Verde guruhdan chiqishni uddaladi va 1/16 finalda faqat qo‘shimcha bo‘limlardagina Argentinaga imkoniyatni boy berdi (2:3).

Kiritildi: 12:34, 05.07.2026.
O'qildi: 689 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик