Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/07 03:00 Argentina 3-2 Kabo-Verde
04/07 06:30 Kolumbiya 1-0 Gana
04/07 22:00 Kanada 0-3 Marokash
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya - Norvegiya
06/07 05:00 AQSh - Belgiya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya

Oyarsabal Ispaniya — Portugaliya o‘yini oldidan Ronaldu haqida gapirdi

Oyarsabal Ispaniya — Portugaliya o‘yini oldidan Ronaldu haqida gapirdi

Baho:
+ | -

Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Mikel Oyarsabal Portugaliya terma jamoasi forvardi Krishtianu Ronaldu haqidagi savolga javob berdi. Dushanba, 6 iyul kuni JCH-2026ning 1/8 finali doirasida ispanlar va portugaliyaliklar o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

«Men faqat Ronaldu haqida o‘ylayotganim yo‘q. Agar qaysidir alohida o‘yinchilarga e’tibor qaratish kerak bo‘lsa, mening vaziyatimda bular himoyachilar bo‘lishi lozim, chunki maydonda aynan ularga qarshi harakat qilaman. Krishtianuning kimligini hech kimga eslatib o‘tirish shart emas. U qanday futbolchi ekanligini, faoliyati davomida nimalarga erishganini va qanday o‘ynashini hamma biladi. U shunchaki maydonda paydo bo‘lishining o‘zi bilan har qanday raqib uchun qanchalik katta xavf tug‘dirishi barchaga juda yaxshi ma’lum. Bizga keladigan bo‘lsak, bor e’tiborimizni o‘z o‘yinimizga qaratganmiz», — dedi Oyarsabal jurnalistlar bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya va Portugaliya o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.

Kiritildi: 13:11, 05.07.2026.
O'qildi: 377 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик