Fransiya terma jamoasi yarim himoyachisi Rayan Sherki Jahon chempionati — 2026 ning 1/8 finalidan o‘rin olgan Paragvay terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Didye Desham shogirdlari Kilian Mbappening 11 metrlik nuqtadan kiritgan goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
«30 marta fol ishlatib, birorta ham sariq kartochka olmaslik mumkin deb hech o‘ylamagandim. Bu uchrashuvda biz haqiqiy urushga tayyor ekanligimizni ko‘rsatdik», — deya yarim himoyachining so‘zlarini ijtimoiy tarmoqlarda insayder Fabrisio Romano keltirmoqda.
Nufuzli musobaqadagi navbatdagi uchrashuvni Fransiya terma jamoasi Marokash milliy terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Chorak final bahsi payshanba kuni, 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.













