Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

Ibrahimovich Paragvay — Fransiya o‘yini haqida: «Agar u yerda men bo‘lganimda...»

Ibrahimovich Paragvay — Fransiya o‘yini haqida: «Agar u yerda men bo‘lganimda...»

Baho:
+ | -3

Mashhur sobiq hujumchi Zlatan Ibrahimovich JCH-2026 ning 1/8 finali doirasida bo‘lib o‘tgan Paragvay va Fransiya terma jamoalari o‘rtasidagi yaqindagi uchrashuv haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Paragvayliklar maydondagi qo‘pol o‘yinlari va raqiblarni provokasiya qilishga (izdan chiqarishga) urinishlari bilan futbol jamoatchiligining g‘azabini qo‘zitishdi, biroq bosh hakam ularga birorta ham sariq kartochka ko‘rsatmadi, qizil kartochka haqida-ku gapirmasa ham bo‘ladi.

«Agar bu uchrashuvda men ishtirok etganimda, menga to‘rt yoki beshta qizil kartochka ko‘rsatishgan bo‘lardi. Meni provokasiya qilishlarini yoqtirmayman, chunki men haqiqiy futbol o‘ynashni xohlayman. Ammo fransuzlar sovuqqonlik namoyish etishdi, xotirjamlikni saqlab qolib, tabassum bilan javob qaytarishdi. Bu eng yaxshi javob — shunchaki tabassum qilish va bunday o‘yinlarga aralashmaslikdir», — deya Ibrahimovichning FOX Sports telekanalidagi fikrlarini keltiradi matbuot.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya terma jamoasi uchrashuvning 70-daqiqasida Kilian Mbappe tomonidan penaltidan kiritilgan gol evaziga minimal hisobda g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 13:21, 05.07.2026.
O'qildi: 1607 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик