Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/07 02:00 Paragvay 0-1 Fransiya
06/07 01:00 Braziliya 1-2 Norvegiya
06/07 05:00 Meksika 2-3 Angliya
06/07 23:59 Portugaliya - Ispaniya
07/07 05:00 AQSh - Belgiya
07/07 21:00 Argentina - Misr

Meksika bosh murabbiyi: «Angliya bilan tengma-teng o‘ynay olamiz»

Meksika bosh murabbiyi: «Angliya bilan tengma-teng o‘ynay olamiz»

Baho:
+ | -

Meksika terma jamoasi bosh murabbiyi Xavyer Agirre Jahon chempionatining 1/8 finali doirasida Angliyaga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv haqida fikr yuritdi. Ma’lumot uchun, ushbu bahs dengiz sathidan 2240 metr balandlikda bo‘lib o‘tadi.

«Ularning safida ham mamlakat ichida, ham xorijda to‘p suradigan ajoyib o‘yinchilar bor. Ular jismonan ancha kuchli va yuqori darajali futbolchilardir.

Baland tog‘li sharoitmi? Men bu narsaga umuman chalg‘iyotganim yo‘q. Bu maydondagi 11 ga 11 o‘yin. Bunday narsalar haqida rostdan ham o‘ylayotganim yo‘q.

Agar Angliyani haqiqatdan ham mag‘lub eta olishimizga ishonmaganimda, buni sizlarga ochiqchasiga aytgan bo‘lardim.

Biroq men qanday o‘ynayotganimizni juda yaxshi bilaman. Angliya bilan tengma-teng kurasha olishimizga ishonaman. Qaysi jamoa kamroq xatoga yo‘l qo‘ysa, o‘sha g‘alaba qozonadi», — deya Agirrening so‘zlarini keltiradi tribalfootball.com nashri.

Kiritildi: 13:23, 05.07.2026.
O'qildi: 349 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик