Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 05:00 AQSh 1-4 Belgiya
07/07 21:00 Argentina 3-2 Misr
08/07 01:00 Shveysariya 0-0 Kolumbiya

Xabi Alonso «Chelsi»da «Real»ning ikki yulduzli futbolchisini ko‘rishni xohlamoqda

Xabi Alonso «Chelsi»da «Real»ning ikki yulduzli futbolchisini ko‘rishni xohlamoqda

Baho:
+ | -

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso Madridning «Real» klubi ikki yarim himoyachisi bilan qayta topishishdan manfaatdor.

Gap Arda Gyuler va Orelyen Tchuameni haqida ketmoqda. Transfer News Live portali Sport nashriga tayangan holda xabar berishicha, agar jamoani Enso Fernandes tark etsa, ispaniyalik mutaxassis turkiyalik yoki fransiyalik futbolchini sotib olishni talab qiladi. «Ko‘klar» ustozi «qaymoqranglilar»ning har ikki o‘yinchisi iste’dodini juda yuqori baholamoqda.

Transfermarkt ekspertlari talqiniga ko‘ra, 21 yoshli Gyulerning bozor qiymati 90 million yevroni, 26 yoshli Tchuamenining xuddi shu saytdagi bahosi esa 70 million yevroni tashkil etadi.

Xabi Alonso may oyi oxirida «Chelsi» murabbiyligiga tayinlangan edi. Yanvar oyida u «Real» bosh murabbiyligidan bo‘shatilgandi, u ushbu lavozimda yarim yildan sal ko‘proq ishladi.

Kiritildi: 14:34, 05.07.2026.
O'qildi: 1486 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик